Indoneziyada “mobil-masjidlar” paydo bo‘lmoqda

Jamiyat 21:21 / 12.07.2016 9063

Jakarta shahrida istiqomat qiluvchi indoneziyalik o‘z mikroavtobusini namoz o‘qish uchun qulay tarzda qayta jihozladi. Bundan maqsad avtomobil tirbandligi paytida namoz vaqtini o‘tkazib yubormay, avtomobilda ibodat qilish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. 

"Bir kun turmush o‘rtog‘im bilan ketayotib, masjidda namoz o‘qishni niyat qildim. Biroq mashinam tirbandlikda qolib ketdi. Masjidga belgilangan vaqtda yetib bora olmadim. Shu sabab, namozni avtomobilimda o‘qishga qaror qildim”, deydi jakartalik Sutikno. 

Ana shundan so‘ng, unda mashinasini “masjid”ga aylantirish g‘oyasi tug‘iladi. Ulovini yashil rangga bo‘yab, ibodat uchun namoz joynamoz olib yuradigan bo‘ldi. 

Hozir esa o‘ziga xos “mobil-masjid” odamlar gavjum joylarda yoki masjiddan uzoq nuqtalarda to‘xtab turadi. Musulmonlar bemalol unda namozlarini ado etishlari mumkin. Hatto, uning ichida ibodat uchun maxsus liboslar va tahorat uchun imkoniyatlar ham yaratilgan. 

Qayd etish kerakki, Indoneziya dunyodagi eng ko‘p musulmon aholiga ega mamlakat sanaladi. U yerda 202 million atrofida musulmon istiqomat qiladi. Mamlakatda 800 ming masjid bor.

Ko‘proq yangiliklar: