Chikagolik o‘zbeklar tashabbusi bilan Chadda 1700 kishi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

O‘zbekiston 21:15 / 12.07.2016 21927

Chikagolik o‘zbeklar tashabbusi bilan boshlangan «Buloq» loyihasi doirasida Afrikaning markaziy qismidagi Chad mamlakatida joylashgan qishloqlardan biri ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Bu haqda Chikago o‘zbeklari uyushmasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma'lum qilingan.

Sahifada taqdim etilgan videoda keltirilishicha, uyushma tomonidan boshlangan «Buloq» loyihasi doirasida «BuildWaterWell.org» saytida kampaniya boshlangan. Xayriya mablag‘lari hisobidan 4,5 ming dollar to‘plangan va Chaddagi Vassi qishlog‘ida buloq qurilishi boshlangan. Ma'lum bo‘lishicha, Vassi qishlog‘i joylashgan yer ostida ichimlik suvi mavjud bo‘lib, 45 metr chuqurlikdagi bu suvni yuqoriga chiqarish uchun nasosli uskuna o‘rnatilgan.

Vassi qishlog‘idagi buloq 2016 yilning 27 may kuni foydalanishga topshirilgan. Natijada 1700 kishi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan.

Videoda qishloq aholisi tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirgani ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: