«Barselona» jamoasi rasmiy vakili Jozep Vives Lionel Messi 2018 yilda shartnomasi yakunlangach, klubni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
– Biz Messi bilan doimiy aloqadamiz va u klubni tark etishi mumkinligi haqida hech qanday alomat sezmadik. Biz shunchaki, bunday bo‘lishi mumkinligi haqida o‘yga ega emasmiz.
- Messining shartnomasi 2018 yilda tugaydiku?
– Biz xotirjammiz. Shartnomani uzaytirish uchun imkoniyat hali bo‘ladi.
Bundan oldinroq, Cadena COPE nashri Lionel Messi Ispaniyada anchadan beri o‘zini baxtli his etmayotgani, Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyati va uni 21 oy muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilgan sud qaroridan so‘ng esa butkul tushkunlikka tushib qolgani haqida yozgan, ushbu futbolchi shartnomasi yakunlangach, kataloniyaliklar jamoasidan ketish haqida o‘ylayotgani aytilgandi.
Bundan oldinroq, 29 yoshli futbolchining otasi «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Manba: Tribuna.uz