2016 yilda BAAda sayyohlik sohasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 2,8 foizga o‘sib, 28,2 mlrd dirxamga (7,7 mlrd dollar) yetadi. Bu haqda Coface tadqiqot kompaniyasi hisobotida aytilgan.
Shu bilan birga, sayyohlarning sarf-xarajatlari 2015 yilga nisbatan 3,3 foizga oshadi. 2015 yilda bu qiymat 26 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ta'kidlab o‘tish joizki, BAA joriy yilda 15 mln xorijlik mehmonga xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Bu orada energiya tashuvchilarga narxlar va rubl kursining pasayishi BAAning sayyohlik tarmog‘iga bosim o‘tkazmoqda. Bu omillar tufayli BAA rossiyalik va yevropalik sayyohlar uchun kamroq hamyonbop bo‘lib qoldi. Bu esa mehmonxonalarning korporativ samaradorligiga ta'sir ko‘rsatmoqda, deyilmoqda hisobotda.