Amerikalik olimlar qizil rangning yangi xususiyatlarini kashf qilishdi

Light 17:05 / 12.07.2016 10378

Qizil rang insonni to‘xtashga majbur qilar ekan. Shu bois u ko‘p joylarda ishlatiladi, masalan, taqiqlovchi belgilarda yoki svetoforlarda. Biroq amerikalik olimlarning ma'lum qilishicha, ba'zilar uchun qizil rang harakatga chorlovchi signal sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot nashrga chiqarish uchun tayyorlanmoqda, u 2017 yilning yanvar oyida Journal of Consumer Psychology jurnalida chop etiladi. Bu haqida Gazeta.ru ma'lum qildi

Tadqiqot o‘tkazishga Niderlandiyaning bolalarga yordam ko‘rsatish xizmati xodimlari duch kelgan muammo sabab bo‘lgan - ularga bezorilar juda ko‘p marta qo‘ng‘iroq qilishgan va chatlarda xat yozishgan. Tadqiqot chog‘ida olimlar chat fonining rangini qizil, ko‘k va oq  ranglarga almashtirishgan, ular shu orqali yolg‘on xabarlar sonining kamayishiga umid qilishgan.  

Natijalar kutilmagan bo‘ldi: agar oq yoki ko‘k fonda murojaat qilgan bezorilar 15 foizni  bo‘lsa, qizil chatda ular 22 foizni tashkil qilgan. Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, qizil rang sarguzasht qidirishga moyilligi bo‘lgan insonlarni harakat qilishga chorlar ekan - bunday kishilar tavakkal qilishdan qo‘rqishmaydi. 

Gipotezani tekshirish uchun olimlar yana bir tadqiqot o‘tkazishdi: kollej o‘quvchilariga ularning shunday harakatlarga moyilligini tekshirish uchun onlayn-so‘rovnoma berildi, shundan so‘ng ularning yon bosishga moyilligini kuzatish uchun bir necha savollarga javob berish taklif qilindi. Savollar qizil yoki oq ranglarda aks ettirilgan. Yorqin taassurotlarni izlashga moyil talabalarning javoblari qizil fonda ularning aytganidan qolmasliklarini ko‘rsatgan. Fon rangi oqqa o‘zgartirilganda esa natija boshqacha bo‘lgan. 

Tadqiqotchilar taqiqlovchi belgilarda, spirtli ichimliklarga va tamaki mahsulotlariga qarshi kampaniyalarda qizil rangni qo‘llashni tavsiya qilishmaydi, chunki natija ko‘zlangan maqsadning aksini ko‘rsatishi mumkin. 

Suratlar: Google images

Ko‘proq yangiliklar: