Kichik shahzoda Jorj Buyuk Britaniyada birinchi marta omma oldiga chiqdi

Jamiyat 06:35 / 09.07.2016 6762

Britaniya shahzodasi Uilyamning o‘g‘li shahzoda Jorj qirollik harbiy-havo kuchlarining Glostershirdagi Feyrford bazasidagi Royal International Air Tattoo aviashousiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Hello Magazine jurnali. Kembrij gersogi va gersoginyasi o‘g‘li uchun bu Birlashgan Qirollikdagi omma oldiga birinchi rasmiy chiqishi bo‘ldi.

Jurnalning ta'kidlashicha, 2 yoshli Jorj samolyot va vertolyotlarni tomosha qilish vaqtida o‘z hayratini yashira olmadi. U hattoki uchib ko‘rishga ruxsat so‘radi, biroq rad javobini oldi. Kichkina Jorjga uning ota-onasi Uilyam va Keyt hamrohlik qilishdi.

Ta'kidlanishicha, Jorjning aviashouga tashrifi odamlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Jorjning eng birinchi omma oldiga chiqishi 2014 yil aprelda yuz bergan, o‘shanda u o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan Avstraliya  va Yangi Zelandiya bo‘yicha qirollik turi doirasidagi kechaga tashrif buyurgandi. U, shuningdek, Bukingem saroyining balkonida ham ko‘rinish bergan.

Ko‘proq yangiliklar: