Shota Rustaveli ko‘chasida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
YTH natijasida avtomashina haydovchisi va 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi jarohat olgan.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi 50-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. Malibu rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga urildi.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi — 2004 yilda tug‘ilgan D.S. jarohat olgan. Ularga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

00:24 / 29.04.2025
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

21:47 / 28.04.2025
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors

16:55 / 06.04.2025
Toshkentda Malibu kapotida YPX xodimini sudrab ketgan haydovchi qo‘lga olindi

09:33 / 29.07.2024