O‘zbekiston san'at saroylarida o‘tkazilayotgan “jonli konsert”lar ko‘rsatkichi 30 foizga yetdi

Jamiyat 12:33 / 08.07.2016 8198

Bugungi kunda estrada san'ati sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, Kontsert-tomosha tadbirlari sifatini yanada oshirish, fonogrammasiz konsert tadbirlarini tashkillashtirish maqsadida O‘zbekiston hukumati tomonidan 2015 yil 9 dekabr kuni Qaror imzolandi.
Mazkur qaror bilan:

- Kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom;

- Kontsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi haqida Nizom tasdiqlandi.

Shuningdek, yakkaxon ijrochilarning malaka (professional) sifatlarini muntazam va xolisona baholash maqsadida har yili (ular litsenziya olgan kundan boshlab) ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi, yakkaxon ijrochilarning ijodiy faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rganishi va ularni jonli ijroda eshitish tizimi joriy etilib, jonli ijro asosida mahorat sinovlaridan o‘ta olmagan san'atkorlar 3 oydan so‘ng qayta imtihon topshirishi belgilandi.
Mazkur Qaror asosida konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnoma berish yuzasidan Ekspert komissiyasi tuzilib uning tarkibiga Respublika man'aviyat targ‘ibot markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston san'at arbobi kabi malakali rejissyor, baletmeyster kabi mutaxassislar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyrug‘iga asosan, maxsus konsert dasturlarida fonogrammadan foydalanish holatlarini o‘rganish bo‘yicha komissiya va ishchi guruhi tuzilgan. “Jonli ijro” deya e'lon qilingan konsert dasturlari tahlil qilib boriladi. Fonogramma elementlari qayd etilgan taqdirda, iste'molchi huquqlarining buzilishi hamda iste'molchiga noto‘g‘ri ma'lumot bergani sababli tashkilotchilarga amaldagi qonunchilikka asosan tegishli choralar ko‘riladi. 

2015 yilning sentabr oyidan boshlab, konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnoma berish Ekspert komissiyasi tomonidan san'atkorlarga konsert das¬turidan o‘rin olgan qo‘shiqlarning kamida 60 foizidan ortig‘ini jonli ijro etish lozimligi haqida tavsiyalar berilmoqda. 

Yana shuni ham ta'kidlab o‘tish joizki, 2009 yildan 2014 yilga qadar san'atkorlar tomonidan havola etilgan konsert dasturlarida 1 yoki 2 dona “jonli ijro”dagi qo‘shiqlar ijro etilardi. Bugungi kunga kelib, yurtimizdagi san'at saroylarida o‘tkazilayotgan konsert dasturlarining 30 foizi “jonli ijro” hamda 70 foizidan ortig‘i “fonogramma”  orqali ijro etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: