UYeFA Fransiya mezbonlik qilgan 2016 yilgi Yevropa chempionati orqali 830 million yevro foyda ko‘rdi. Bu haqda matbuot anjumani vaqtida tashkilotning aloqalar bo‘yicha departamenti rahbari Pedru Pintu ma'lum qildi.
«Turnirda qilingan daromad miqdori 1,93 mlrd yevro, xarajatlarga 1,1 mlrd yevro sarflangandi. Shu tariqa, UYeFA bu safargi Yevropa chempionatidan 830 mln yevro foyda ko‘rdi deyish mumkin», — degan Pintu.
Yevropa chempionati Fransiyaning 9 shahrida o‘tkazilmoqda — Parij, Sen-Deni, Lill, Lans, Bordo, Sent-Eten, Lion, Marsel, Tuluza, Nitstsa.
Yakshanba kuni Sen-Denidagi final uchrashuvi fransuzlar va portugallar terma jamoasi o‘rtasida kechadi.
Manba: Tribuna.uz