Toshkentda yonayotgan avtobusni haydovchi o‘z kuchi bilan o‘chirishga urindi (foto)

Jamiyat 17:38 / 08.07.2016 22379

7 iyul kuni kechki 19.00 lar atrofida Toshkent shahrining Janubiy vokzalida 8-yo‘nalishda harakatlanuvchi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi.

Guvohlarning aytishicha, navbatdagi yong‘in jarohatlanganlarsiz o‘tgan. Yo‘lovchilar Mersedes markali avtobusdan o‘sha zahoti evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati va tez yordam mashinasi yetib kelgan. Yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, aynan shu kuni poytaxtning Yashnobod tumanida ham bir yo‘lovchi avtobusda tutun chiqqan. Bunga avtobus haydovchisi o‘z e'tiborini qaratgan va o‘z kuchi bilan yong‘inni bartaraf etgan.

Ko‘proq yangiliklar: