Rossiya hukumati, Turkiyaga charter parvozlari tez orada yo‘lga qo‘yilishi ustida ishlayapti, deb xabar qilmoqda «Vesti.Ru» Rosturizm Oleg Safonov bayonotiga asoslangan holda.
«Hukumat ushbu masala bo‘yicha ishlamoqda. O‘ylaymanki, yaqin orada charter parvozlari qayta yo‘lga qo‘yiladi», — degan Safonov.
Safonovning ta'kidlashicha, har qanday dam olish xavfsiz bo‘lishi kerak, chunki o‘tgan yilda Turkiyada 256ta turli qo‘poruvchiliklar sodir etilgan.
7 iyul kuni Rossiya hukumatining qarori qabul qilinmagan sabab, charter parvozlari Turkiyaga ucha olmayotgani xabar qilingan edi.