"O'zimizniki" sutining ishlab chiqaruvchilari iste'molchilar savollariga javob qaytardi

Jamiyat 16:25 / 08.07.2016 81907

Iste'molchilar talab va takliflarni inobatga olib “O’zimizniki” suti ishlab chiqarilishi hamda tayyorlanishi jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida korxona menejyeri iste'molchilar bilan birga korxona bo‘ylab sayohat uyushtirdi.

Nasrullo Inoyatov (iste'molchi): - Korxonaga tashrif buyurishdan avval tasavvurlarimiz boshqacha edi, bu yerdagi zotdor sigirlarning parvarishlanishini, ularning ozuqa ratsionini ko‘rib, ishlab chiqarish jarayonlar bilan yaqindan tanishib, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rib hamda ishlab chiqarish jarayonlar bilan to‘liq tanishib chiqib bir nechta savol bilan yuzlanmoqchiman. 

Nasrullo Inoyatov (iste'molchi): Nima uchun mahsulot brendingizni “O’zimizniki” deb nomlagansiz? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Birinchidan, ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz shunday nomlanishiga asosiy sabab, o‘zimizning ekin yer maydonimizda asosiy xom ashyolarni o‘zimiz yetishtiramiz. Ikkinchidan, o‘zimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yuqorida o‘zingiz guvoh bo‘lgan chorva kompleksimizda, zotdor sigirlarimizni oziqlantirib xom tabiiy sut yetishtiramiz, Uchinchidan, chorva kompleksimizda joylashgan mahalliy zamonaviy sut ishlab chiqarish texnologiyalarida malakali mutaxassislarimiz ishtirokida milliy qadoqlangan mahsulot ishlab chiqaramiz. Fikrimizcha, yuqoridagi misollar mahsulotni “O’zimizniki” deb nomlashga asos bo‘la oladi. 

Qobiljon Tursunov (iste'molchi): Chorva komleksingizda qancha zotdor sigirlaringiz bor va ushbu sigirlarni oziqlantirish uchun qancha yer maydoniga egasiz, shuningdek ishlab chiqarish korxonangiz va bino inshootlaringiz maydoni qancha? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Bugungi kunga kelib zotdor sog‘in sigirlarimiz soni 1000taga yetdi, buzoqchalar soni 600dan ortiq. Ekin yer maydoniga keladigan bo‘lsak, sigirlarimizni oziqlantirish uchun 150 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarimiz bor, shuningdek ishlab chiqarish korxonamizning umumiy maydoni 6 gektar, shundan bino inshootlarimiz 10488 kv. metrni tashkil qiladi. 

Qobiljon Tursunov (iste'molchi): Ishlab chiqarish jarayonlarini va mahsulotning sifatini qanday nazorat qilasiz? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, xom sut va qadoqlangan “O’zimizniki” sut mahsulotlarini belgilangan davlat stantdardlariga muvofiqligi jarayonlarini o‘z kasbining ustalari, malakali va yetuk mutaxassislarimiz tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ular har bir mahsulotning sifati va ishlab chiqarish jarayonlariga javob beradi. 

Shakirzanova Kamila (iste'molchi): Sutni qadoqlash jarayonlarida yana qandaydir vositalar (kimyoviy va boshqa tabiiy) vositalar qo‘shiladimi? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Ishlab chiqarayotgan “O’zimizniki” sut mahsulotimiz 100 foiz tabiiy hisoblanadi. Sutni sog‘ishdan to qadoqlashgacha bo‘lgan jarayonlarda hech qanday kimyoviy va boshqa vositalardan foydalanmaymiz! 

Islombek Qutfitdinov (iste'molchi): Yuqorida biz guvoh bo‘lgan asosiy vositalaringizni qiymati qancha? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Asosiy vositalarimizning umumiy qiymati bugungi kunga kelib bozor qiymatida 20 mlrd so‘mni tashkil qiladi. 

Shamshidinova Kamila (iste'molchi): Sizning raqobatchilardan ustunlik tomonlaringiz nimalardan iborat? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Yuqorida o‘zingiz ko‘zingiz bilan ko‘rib qaysiki ma'noda barcha jarayonlarimizni ishtirokchisiga aylanganingizdek, “O’zimizniki” sutini ishlab chiqarishdagi barcha mahsulotlar o‘zimizniki, sigirlarimiz iste'mol qiladigan ozuqadan tortib, zamonaviy texnalogiyalargacha. Bugungi kungacha biz kabi sutlarni bir yerda mujassam bo‘lib ishlab chiqarayotgan korxonalarning borligini bilmayman. Shu jihat bilan raqobatchilarimizdan ustunroqmiz deb o‘ylayman. 

Tolibjon Usmanov (iste'molchi): Anchadan buyon uyda chorvachilik bilan shug‘ullanaman. Hammamizga ma'lumki, sigir piyoz yeb qo‘ysa sut ta'miga ta'sir qiladi, bu holat sizlarda ham kuzatilganmi? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): (kulib) Yang yaxshi savollardan biri bo‘ldi deb o‘ylayman. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bizda barcha jarayonlar “zanjiri” malakali va yetuk xodimlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Shuning uchun bunday holat hech qachon kuzatilmagan. Bundan tashqari, zotdor sigirlar parvarishi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar ozuqani nazoratdan o‘tkazgandan so‘ng iste'mol uchun beradi. (Chorva kompleksimizga piyoz mahsuloti kiritilmaydi).

Kamalov Akbar (iste'molchi): Yuqorida ta'kidlab o‘tdingiz, barcha jarayonlar, jumladan sigirlar ozuqasini ishlab chiqarishdan to eng zamonaviy texnologiyalarda qadoqlanish jarayoni bir joyda amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, qadoqlangan sut ishlab chiqarish uchun boshqa fermer xo‘jalikari va aholidan sut sotib olib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysangiz, mahsulotingizning sifati o‘zgarmaydimi? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Sutning mazasi va sifati zotdor sigirlarning iste'mol qilgan ozuqasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar biz boshqa fermer xo‘jaliklari va aholidan sut sotib olsak, ularning sigiri tavsiya etilmagan ozuqalarni iste'mol qilgan bo‘lsa, bu holatda hozirgi kabi mazali va sifatli qadoqlangan sut ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun, bizning fermer xo‘jalik qishloq xo‘jaligi ozuqalari yetishtirib, zotdor sigirlarga berib va sigirlardan sutni sog‘ib olib keyin qadoqlangan sut ishlab chiqarib o‘z chorva kompleks loyihamizni barpo etganmiz.

Irgashev Alisher (iste'molchi): Kelajakda korxonangiz tomonidan “O’zimizniki” sutlaridan tashqari boshqa turdagi sut mahsulotlarini ham ishlab chiqarish rejalashtirilganmi? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Kelajakda korxonamizda sariyog‘, sutli kokteyl, sutli shokolad va shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. 

Tadayeva Ilyana (iste'molchi): Nima uchun sizlar ishlab chiqarayongan “O’zimizniki” sutlari mazali va shirin?

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Sutni mazali va shirin bo‘lishi uchun sigirlar iste'mol qilayotgan kunlik ozuqasi ham mazali bo‘lishi kerak. Biz sigirlarimizgga tabiiy va to‘yimli ozuqalarni beramiz. Shuning uchun doimo “O’zimizniki” sutlari mazali va shirin. 

Nasrullo Inoyatov (iste'molchi): Fermer xo‘jaligingiz va ishlab chiqarish korxonangiz tashkil etilishining huquqiy asoslari haqida gapirib bersangiz? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Fermer xo‘jaligimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-842-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. 

Biserov Arslan (iste'molchi): Mana mahsulotingiz kundan-kunga o‘z xaridorlarini topib, ommalashib bormoqda! Mahsulotni yanada ommalashtirish maqsadida qandaydir aksiyalar bo‘ladi? Bugungidek iste'molchilar bilan uchrashuvlar rejalashtirilganmi? 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Savol uchun rahmat. Hozirgi kunda korxonamiz marketologlari tomonidan turli xildagi aksiyalar loyihalari ustida ishlanmoqda. Tez kunda biz o‘z iste'molchilarimizga katta tuhfalarni taqdim etishni rejalashtirganmiz. Iste'molchilar uchun esa har doim eshigimiz ochiq. Faoliyatimiz bilan yaqindan tanishishni istaganlar uchun har oyda shunday ishlab chiqarish bilan tanishuv va sayohat tashkil etganmiz. 

Baxtiyor Anvarov (menejyer): Hurmatli korxonamiz mehmonlari. Avvalo sizlarni korxonamizda xush ko‘rdik. Ruxsatingiz bilan kelgusidagi ish faoliyatimizni yanada yaxshilash, ishchi xodimlarimiz o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaxshilash, ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz sifatini yanada yaxshilash hamda mamlakatimiz va jahon bozorida o‘z munosib o‘rnimizni topish maqsadida sizlardan bugungi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish va korxonamiz bo‘ylab uyushtirilgan sayohatingiz haqida fikr mulohazalaringizni so‘raymiz. 

Tolib Usmanov (iste'molchi): Bugungi ishlab chiqarish jarayonidan shaxsan mamnunligimni ta'kidlamoqchiman. Avvalo oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun eng kerakli bo‘lgan barcha gigiyenik talablarga to‘liq amal qilinishi, ishlab chiqarishdagi kadrlarni yoshligi va eng asosiysi barchasi o‘z ishiga sidqidildan va vijdonan yondashuvi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning dam olishi va o‘z ustida ishlashi uchun alohida zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta'minlangan xonalar mavjudligi, ishchi xodimlar o‘rtasidalgi munosabatni ko‘rib, havasim keldi. Qaniydi imkon bo‘lganida inson omili birinchi o‘ringa qo‘yilgan mana shunday korxonada ishlasam edi. 

Islombek Qutfitdinov (iste'molchi): Yuqoridagi gaplarga qo‘shilgan holda bir narsani ta'kidlamoqchiman, ishlab chiqarish korxonasi va fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib, shu narsaga amin bo‘ldimki bejizga ishlab chiqarilayotgan sutlarni “O’zimizniki” deb nomlanmaydi. Barcha jarayonlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekishdan boshlab savdo rastalariga mahsulotni yetkizilguncha bo‘lgan jarayonlar to‘liq nazoratga olingani, sut ishlab chiqarishdagi barcha jarayonlar zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangani hamda eng asosiysi, yuqoridagi barcha jarayonlar bitta joyda joylashgan yirik komleksda amalga oshirilishi meni quvontirdi. Avvallari bunday yirik kompleksni ko‘rmagandim. 

Qobiljon Tursunov (iste'molchi): Iste'molchilarning gaplarini to‘ldirgan holda shuni aytib o‘tmoqchimanki, korxonadagi zotdor sigirlarga berilayotgan e'tiborni ko‘rib lol qoldim, yangi tug‘ilgan buzoqchalarni to sog‘in sigir bo‘lgunicha har biriga alohida ratsion asosida ozqa bilan ta'minlanishi, sigirlarning sog‘in xonalari eng zamonaviy kompyuter texnologiyalar bilan jihozlangani, qolaversa, har bir buzoqcha, sigir va buqalar maxsus elektron chiplar bilan ta'minlangani, barchasining pasporti yuritilishi, ularning sog‘lig‘i, vazni, agar kassallangan bo‘lsa, u haqdagi ma'lumotlar markazlashgan kompyuter tizimida ko‘rinishi menda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Ishonch bilan ayta olamanki, “O’zimizniki” sutlari albatta eng sifatli va shirindir.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: