«Hollandiyada g‘alati muammo: qamoqxonalar bo‘shab qolgan!». AQShning The Washington Post gazetasi muxbiri Adam Teylor mana shu mavzudagi kichik postni nashrning internet sahifasida e'lon qildi.
Agar Hollandiyaga borsangiz, bir narsaga ajablanasiz. U yerdagi qamoqxonalar bo‘shab qolgan. Qirollik adliya vazirining ta'kidlashicha, 2011-2015 yillar oralig‘ida mamlakatdagi qamoqxonalarda saqlanayotgan mahbuslar soni 27 foizga kamaygan. Butun dunyoda bu ko‘rsatkich ko‘payib borayotgan bir vaqtda bu hayratlanarli natija. Masalan 2000-2015 yillar oralig‘ida butun dunyodagi qamoqxonalarda hibsda saqlanayotgan mahbuslar soni 20 foizga oshgan. Ta'kidlash joiz, bu vaqt davomida umumiy populyatsiya 18 foizga oshgan.
Oxirgi yillardagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, hozir Hollandiyada har 100 ming kishidan 57 nafari qamoqxonada. Bu borada Yevropada Angliya va Uels «yetakchi». Ularda 100 ming kishidan 54tasi qamoqda. AQShda esa bu ko‘rsatkich «kamtarona»: har 100 ming kishidan 639 nafari qamoqxonada «umrguzaronlik» qiladi.