Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlat rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, qutlovlar orasida Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obamadan kelgan tabrik ham bor.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Ummon sultoni Qobus bin Said, Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy o‘z tabriklarini yo‘llagan.