Shimoliy Koreya hukumati Pxenyan Vashington bilan mavjud barcha ikki tomonlama diplomatik kanallarni yopish bilan tahdid qilib, AQShni 6 iyulda mamlakat rahbari Kim Chen Inga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Vashington tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni "urush e'lon qilish" deb atadi va agar Vashington sanksiyalardan voz kechmasa, Shimoliy Koreya javob choralar ko‘rishini ta'kidlab o‘tdi.
AQSh 6 iyulda Shimoliy Koreya yetakchisi zimmasiga mamlakatda inson huquqlarining buzilishi uchun javobgarlikni qo‘yib, unga qarshi bir tomonlama sanksiyalar kiritishga qaror qildi. Kim Chen In bilan birga jazolovchi choralar mamlakat rahbariyatining qolgan vakillari va mansabdor shaxslariga hamda ba'zi davlat institutlari va tashkilotlariga nisbatan amal qiladi. Umumiy hisobda qora ro‘yxat 23 ta pozitsiyadan iborat.