Varshava shahrida bo‘lib turgan AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning bayonot berishicha, alyans Yevropadagi hamkorlarini qo‘llab-quvvatlash strategiyasidan Rossiyaning hovurini pasaytirib turishga o‘tmoqda, deb xabar qilgan RIA «Novosti».
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya bilan mumkin bo‘lgan sohalarda hamkorlik qilishni davom ettiradi.
«NATOning Rossiya bilan keyingi munosabatlariga oid mavzu, Varshava sammitining asosiy masalasi bo‘ladi. Endilikda, alyans Yevropadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash siyosatini Rossiyani to‘xtatib turish siyosatiga almashtiradi. NATO chorak asr mobaynida bunday strategiyani qo‘llamagan edi, ammo Moskvaning Qrimdagi agressiyasi shunga asos bo‘lmoqda», — deb qayd etgan Karter.
Avvalroq, Polsha mudofaa vaziri Antoni Matserevich, Rossiyadan himoyalanish uchun NATOning sharqiy chegaralarini mustahkamlash zarurligi xususida fikr bildirgan edi.