Namanganda terrorchilar haqidagi film s'yomkasi vaqtida aholi vahimaga tushdi

Jamiyat 17:56 / 08.07.2016 26020

O‘zbekistonning Namangan shahri aholisi terrorchilar haqidagi film suratga olinayotgan vaqtda film voqealarini haqiqiy hayotda bo‘layotgandek qabul qilishgan. Bu haqda RIA Novosti manbalarga asoslanib xabar tarqatgan.

"7 iyul kuni tushdan so‘ng O‘zbekistonda yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Namangan shahri aholisi o‘rtasida vahima paydo bo‘ldi. "Chorsu" bozorida yong‘in chiqqani va avtobus portlagani haqida mish-mishlar tarqaldi", — deya yozilgan nashr xabarida.

Bu vaqtda esa viloyat markazida "Muqaddas istak" nomli badiiy filmni suratga olish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Unda "O‘zbekiston islom harakati" haqida lavhalar bo‘lgan.

"Filmning oxirgi sahnalari s'yomkasi ketayotgandi. Faqat bir eskirigan avtobus portlatildi", degan film ishtirokchilaridan biri.

Kartina markazida, O‘zbekiston hududida o‘tgan asrning 80-90-yillarida ro‘y bergan voqealar o‘rin olgan.

Film "O‘zbekkino" milliy agentligi buyurmasiga asosan "O‘zbekfilm" kinostudiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Uning premerasi 1 sentabr kuniga, O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi tantanalari vaqti bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: