Xitoy AQShning RQM majmualarini Janubiy Koreyada joylashtirishiga qarshi

Jahon 11:50 / 08.07.2016 8286

XXR hukumati Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa majmualarining Koreya respublikasida joylashtirilishiga keskin norozilik bildiradi, deb xabar qilmoqda XXR TIV. 

"Rasmiy Pekin bu borada o‘z noroziligini va qat'iy qarshiligini izhor qiladi", - deyiladi xabarda. 

"Amerikaning THAAD majmualarini Janubiy Koreyada joylashtirish, yarimorolni yadro qurolidan holi qilish, unda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga yordam bermaydi. Muammoni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etishga bo‘lgan urinishlarni chippakka chiqaradi. Mintaqa mamlakatlari, xususan Xitoyning ham strategik manfaatlariga tahdid solishi barobarida strategik muvozanatni izdan chiqaradi", - deb ta'kidlangan vazirlik bayonotida. 

"Shunga ko‘ra, Xitoy tomoni AQSh va Koreya Respublikasini qat'iy ohangda THAAD majmualarini joylashtirish jarayonini to‘xtatishga chaqiradi". 

THAAD RQM majmualarini joylashtirish bo‘yicha Amerika bilan kelishuvga erishilgani to‘g‘risida Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi ma'lum qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: