Gvardiola: «Mourino ham g‘alaba qozonishni xohlaydi, men ham. Bu kurash meni yangi darajaga olib chiqadi»

Sport 21:12 / 08.07.2016 5848

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatida juda kuchli murabbiylar yig‘ilganini ta'kidladi.

«Mourino g‘alaba qozonishni xohlaydi, men ham. Bu kurash meni yangi darajaga olib chiqadi. Qarang, APLda qanday ajoyib murabbiylar yig‘ilgan. Konte - taktika ustasi. Bundan tashqari Klaudio Raneri va «Everton»da ish boshlagan Ronald Kuman bilan bahslashish ajoyib bo‘ladi. Bunaqa raqobat seni chempionlar ligasi kabi yirik musobaqalarda g‘alaba qozonishga undaydi»,- deydi Gvardiola.

Ular meni masalan shu jamoa bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishga unday oladi. Murabbiy uchun «Barselona», «Real», «Bavariya» yoki «Manchester Siti»da ishlashning o‘zi ham katta cho‘qqi. Lekin men Angliyada endi ish boshlayapman va hali sovrinlarga chanqoqman.

Qiziq bo‘ladi. Konte – taktikalar bo‘yicha master. O‘ylaymanki, bu «Chelsi» uchun ayni muddao. U bilan raqobatlashish ham qiziq bo‘ladi. Klaudio Raneri va Ronald Kuman ham bor. Hozir oldinda nimalar kutayotganini aytib bo‘lmaydi», – degan murabbiy.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: