Dunyodagi eng ommabop va mashhur smartfon nomi e'lon qilindi

Fan-texnika 17:35 / 08.07.2016 24655

AnTuTu saytida 2016 yil birinchi yarim yilligida eng ommabop bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati e'lon qilindi. Unda Samsung Galaxy Note 5 birinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan. Uning ortidan Janubiy Koreya kompaniyasining yana bir mahsuloti Samsung Galaxy S6 turgan bo‘lsa, birinchi uchlikni Samsung Galaxy S6 edge tamomlamoqda. Samsung Galaxy S7 — to‘rtinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan. Top-5likni esa Xitoyning The Xiaomi Redmi Note 3 yakunlagan. 

Saytda Osiyo mamlakatlari bo‘yicha statistikadan tashqari, AQSh, RF va Germaniyaga oid ma'lumotlar ham joylangan. Xususan, Rossiyada Xiaomi Redmi Note 3 eng ommabop telefon hisoblanadi. Ikkinchida ASUS Zenfone, uchinchida Xiaomi Redmi Note 2 joylashgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: