Belgiyada endi kim terrorchi ekanini qonidan aniqlashadi

Jamiyat 15:06 / 08.07.2016 7678

Shu yilning 22 martida Belgiya poytaxti Bryusselda terrorchilar tomonidan portlashlar amalga oshirilgan edi. O‘sha terrakt ishtirokchilarining qonlarini tekshirgan belgiyalik ekspertlar juda muhim narsani aniqlashdi.

Terrorchilarning qonida portlashni amalga oshirishda ishlatilgan TATR moddasi aniqlangan. Uning qanday qilib qon tarkibiga o‘tgani haqida hech nima deyilmagan. Le Soir nashrining xabar berishicha, bu juda katta topilma bo‘lib, endilikda shubhali shaxslarning qonlarini tekshirish natijasida ham ko‘p narsani aniqlash mumkin bo‘ladi.

Shu yilning iyun oyida Belgiyada teraktlar seriyasi amalga oshirilishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandan keyin nazorat kuchaytirilgan va antiterror operatsiyalari o‘tkazilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: