Obama Erdo‘g‘anning Moskva bilan keskinlikni yumshatish bo‘yicha sa'y-harakatlarini yuqori baholadi

Jahon 09:06 / 30.06.2016 13239

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefonda suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Avval ma'lum qilingandek, Obama Amerika xalqi nomidan Turkiya xalqiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Obama shuningdek Erdo‘g‘an va Turkiya ma'muriyatining Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish hamda Rossiya bilan keskinlikni yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qadamlarini yuqori baholadi.

Bundan tashqari, Obama Istanbuldagi teraktni tergov qilishda Turkiyaga yordam taklif qildi.

Avvalroq Erdo‘g‘an Putin bilan G20 sammitida uchrashishini tasdiqlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: