Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Tereza Mey o‘z lavozimini Konservatorlar partiyasi yetakchisi va bosh vazir lavozimiga qo‘yishini e'lon qildi, deb yozmoqda The Times.
Ta'kidlanishicha, mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun bo‘lib o‘tadigan poygada Meyga Londonning sobiq meri Boris Jonson bosh raqib bo‘ladi.
Partiya yetakchisi saylovlariga nomzodlar qo‘yilishi jarayoni 29 iyunda boshlandi va 30 iyunda yakunlanadi. Partiyaning yangi yetakchisi va mamlakat bosh vaziri tayinlanishining aniq muddatlari hozircha noma'lum.
Avvalroq britan OAV Yevropa Ittifoqi bilan birlashishga shubha bildiruvchi Boris Jonsonning Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylanishini prognoz qilayotgani ma'lum qilingandi.
Foto:MATT DUNHAM/AP