Bolani o‘zi yoqtirmagan uy ishlarini bajarishga majburlagan ota tarmoq foydalanuvchilari e'tiboriga sazovor bo‘ldi

Yangi Zelandiya fuqarosi Jordan Uotson kichik bolani uy ishlariga qanday jalb qilish mumkinligi to‘g‘risida videoinstruksiyani tasvirga oldi. Hazil tariqasida olingan rolik Facebook'da ikki kun ichida 5,5 million odam tomonidan tomosha qilindi.
Videoda bolakay otasining buyrug‘i asosida idish yuvadi, gilamni changyutgich bilan tozalaydi, stoldagi changni hamda deraza oynalarini artadi, kiyimlarni yuvadi, so‘ng ularni osib chiqadi, uy tashqarisidagi to‘kilgan barglarni yig‘adi, chiqindini tashlab keladi.
Uotson muntazam ravishda ota-onalarga bolalar bilan muomala qilishni o‘rgatadi. U o‘z maslahatlarini videotasvirga olib, YouTube'ning How to Dad kanali hamda Facebook'dagi shu nomli sahifaga joylashtiradi.
U o‘z folloverlariga bolani oshxona rakovinasida qanday cho‘miltirishni va otasiga ichimlik keltirishga majburlashni o‘rgatdi.
Tajribachi otaning videolari YouTube kanalidan ko‘ra Facebook'da ko‘p ko‘rilmoqda. Ba'zi roliklar million martadan ortiq tomosha qilingan, biroq bu safargisi eng ko‘p tanilgan videorolik bo‘ldi.
Mavzuga oid

13:22 / 05.02.2025
Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi

10:15 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024