Muqaddas Islom dini ilm-ma'rifat va ziyo ulashuvchi din bo‘lib, u mo‘minlarni doimiy ravishda o‘qish, izlanish va tafakkurni ezgulikka boshlovchi bilimlar bilan boyitib borishga chaqiradi. Zero, hadisi shariflarda inson tug‘ilgandan boshlab to qabrga kirguncha ilm talabida bo‘lishga chaqiriladi. Chunki dunyoviy va diniy bilimlarni o‘zlashtirib borish komillikka erishishdagi eng asosiy vositalar sanaladi. Ayniqsa, bunda diniy ulamolarning asarlari va sharhlari alohida o‘ringa ega.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imomi, “Shayx Zayniddin” jome' masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li ham o‘zining islom diniga oid asarlari, audio-video to‘plamlari va rang-barang maqolalari bilan ilmga tashna insonlarga dinimiz ziyosidan bahramand bo‘lishdek baxtga erishishlarida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.
Muallif shu qutlug‘ kunlarda ilm talablarga yana bir sovg‘a hozirladi. Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining juma ma'ruzalari asosida mp3 formatda “Juma mav'izalari”ning 16-17-fasllari taqdim etilmoqda. Mazkur to‘plamlardan eng dolzarb, qalbimizni ziyoga to‘ldiruvchi mavzular o‘rin olgan.
16-fasldan quyidagi mavzular o‘rin olgan:
1. Isrof emas, insof qilaylik
2. Ota-onani rozi qilishning fazilati
3. Zakot—moliyaviy ibodat
4. Ikki dunyo saodati
5. Yolg‘onchilik ulkan gunohdir
6. Silai rahmning fazilati
7. Oila—farog‘at koshonasi
8. O‘tganlarni xotirlash barchamizning burchimizdir
9. Birovning haqqi
10. Nikoh va taloq haqida
17-fasldan ham bir qator muhim mavzular o‘rin olgan:
1. Badgumonlik va g‘uluvdan ehtiyot bo‘laylik
2. Qanoatning fazilati
3. Avlodlar kamoloti – el-yurt saodati
4. Ming oydan yaxshiroq kecha
5. Hayot kushandasi
6. Hasaddan saqlanaylik
7. Ayol Islom nigohida
8. Loqaydlik illati
9. To‘y va marosimlardagi isrofgarchilik
10. Ramazoni sharif muborakdur
Juma mav'izalarini Chorsu bozori yaqinidagi Ko‘kaldosh madrasasi yonida joylashgan “Ixlos” do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.
Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati