Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Niderlandiyada ukrainalik bilan revansh matchiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Britaniyalik superog‘ir vazn toifasida jang qiluvchi yana bir bokschi Hyui Fyuri amakivachchasi Tayson Fyurining ukrainalik Vladimir Klichko bilan bo‘lib o‘tadigan revansh matchida g‘alaba qozonishiga ishonchi komil. Bu haqida sportchi iFL TV kanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda, biz bir necha sparringlar o‘tkazdik. Tayson tashqi muhitdan chegaralanishi uchun Niderlandiyada tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mashg‘ulotlar, ovqat, uyqu - har kuni shu tartibda tayyorlanmoqda. Bu haqiqiy mehnat", - deydi Hyui Fyuri.
"Birinchi jang kutilmagan tus oldi, biroq ishonchim komilki, bu safar Tayson juda osonlik bilan g‘alaba qozonadi. U Klichkoni nafaqaga jo‘natadimi? Bunga 100 foiz ishonaman!", - deya qo‘shimcha qildi Hyui.