Turkiyada avtobusni poyezd urib ketishi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 16:11 / 20.06.2016 2925

Turkiyada kamida 7 kishi avtobus va poyezd ishtirokidagi to‘qnashuv qurboniga aylangan. Bu haqda Cumhuriyet xabar tarqatgan.

Bu voqea Elyoziq viloyati hududida, mahalliy vaqt bilan soat 09:15da ro‘y bergan. Bu vaziyatda Tatvan shahridan Anqaraga ketayotgan poyezd o‘z yo‘lida turib qolgan avtobusni urib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 1 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Turkiya temir yo‘l boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida suriyalik qochqinlar ham bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: