Rossiya va Xitoy Sibirda yirik don terminalini quradi

Jahon 16:01 / 20.06.2016 3880

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi davomida ikki mamlakat rahbarlari XXRga bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha shartnoma, shuningdek Baykalorti o‘lkasida temiryo‘l don terminali qurish to‘g‘risidagi memorandumni imzolashadi. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinning ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar beradi.

"Qishloq xo‘jaligi loyihasi doirasida Baykalorti o‘lkasida temiryo‘l don terminali qurish rejalashtirilgan. Bu borada nafaqat loyihaning boshlanishi haqida kelishib olindi, balki rahbarimizning Xitoyga tashrifiga qadar memorandumni tayyorlashni va bu memorandum asosida XXRga yirik bug‘doy o‘tkazmalarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi shartnoma imzolashni rejalashtirganmiz", - deya xabar berdi Rogozin. 

Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, bu Sibir mintaqasi uchun nafaqat xom ashyoning don ko‘rinishidagi o‘tkazmalari bilan, balki uni chuqur qayta ishlash va tarmoqlashgan temiryo‘l infratuzilmasini yaratish hamda don mahsulotlarini qayta ishlash infratuzilmasi bilan bog‘liq katta va ahamiyatga molik loyiha hisoblanadi.  

Bug‘doy o‘tkazmalari hajmi Xitoyning ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi, degan Rogozin. 

Qayd etish kerakki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 iyun, shanba kuni XXR rahbari Si Tszinpinning taklifiga binoan Xitoyga rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: