Rossiya Tergov qo‘mitasida Kareliyadagi fojiada faqat bolalar halok bo‘lgani ma'lum qilindi 

Jamiyat 00:25 / 20.06.2016 5640

Kareliyada qayiqlarning ko‘lda to‘ntarilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida katta yoshdagilar bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin "Interfaks" axborot agentligiga ma'lum qildi.   

"Avvalroq tergovchilar 14 halok bo‘lganning jasadlarini ko‘zdan kechirib chiqishni yakunlashdi va ular oromgohda dam olgan, 2002-2004 yillarda tug‘ilgan bolalar ekanligini o‘rnatishdi. Halok bo‘lganlar orasida katta yoshlilar yo‘q", deb aytdi Markin.

Markinning aytishicha, bu holat bolalarga hamrohlik qilgan katta yoshdagilar faqatgina o‘z hayotlarini saqlab qolish haqida qayg‘urishganidan dalolat beradi. 

Bundan tashqari, Markin ushbu holat bo‘yicha jinoiy ishni tergov qilish doirasida yana bir kishi – "Park-otel "Syamozero" kompaniyasi direktori Yelena Reshetova ushlanganini ma'lum qildi. Avvalroq Reshetovaning o‘rinbosari Vadim Vinogradov va ikki nafar instruktor – Regina Ivanova va Lyudmila Vasileva ushlangani ma'lum qilingandi. 

Avvalroq 13 bola va bir instruktor halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kareliya rahbari Aleksandr Xudilaynen halok bo‘lgan bolalar oilalariga respublika byudjyetidan bir million rubldan berilishiga va'da berdi. Bolalar oromgohga Moskvadan kelishgan bo‘lgan, ular orasida yetimlar ham bo‘lgan. Bunday axborotni bolalar ombudsmeni Pavel Astaxov tarqatgan.

Tergov voqea yuzasidan "Xavfsizlik talabiga javob bermaydigan tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash,  tashish yoki sotish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Ko‘proq yangiliklar: