O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov «Krasnodar» bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Oleg Kononov shogirdlari tayyorgarlikning birinchi bosqichini Krasnodardagi «Chetuk» mashg‘ulot ba'zasida boshlashdi.
Eslatib o‘tamiz, «Krasnodar» ortda qolgan Rossiya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda Yevropa ligasining saralash bosqichida qatnashadi.
Manba: Tribuna.Uz