“Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov: “Farzand tarbiyasi – buyuk mas'uliyat”

Jamiyat 15:54 / 20.06.2016 6546

Farzand niholga o‘xshaydi. Niholni payvandlab turilmasa, har yonga shox tashlab tevarak atrofga xalaqit qilganidek, bir farzandga bir mahalla ham ota ham ona vazifasini o‘tashi shart. Demak farzand tarbiyasi jamiyat uchun shu qadar muhim sanaladi.  

Ramazon oyi mobaynida “Ziyo” studiyasi, “Oriyat dono” radiokanali orqali taqdim etilayotgan “Ziyo chashmasi”  eshittirishining  mavzusi ham aynan shu haqda bo‘lib, Toshkent shahar “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov “Farzand tarbiyasi – buyuk mas'uliyat” mavzusida so‘z yuritadilar. Ushbu eshittirish orqali bola tarbiyasining mas'uliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Dasturni 20 iyun kuni tonggi  03:30 hamda kechgi soat 19:30 da tinglashingiz mumkin.

“Zinnurayni” masjidi imom-xatibi Ashurmuhammad Abduqodirov rostgo‘ylik haqida rost so‘zlaydi
“Boshingga qilich kelsa ham rost so‘zla”, degan purma'no ibora bor xalqimiz orasida. Zero yolg‘onning umri qisqa bo‘lib, uning yashash manzili ham muqim emas.

“Oriyat dono” radiokanali, “Ziyo chashmasi” eshittirishi orqali taqdim etilayotan  navbatdagi mavzu ham  insondagi eng qimmatli fazilat sanalmish rostgo‘ylikka bag‘ishlanadi. 

Toshkent viloyati Zangiota tumani “Zinnurayni” masjidi imom-xatibi Ashurmuhammad Abduqodirov “Rostgo‘ylik – inson ko‘rki” mavzusida so‘z yuritib, uning inson xarakterida tutgan muhim o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tadilar. 

Mazkur eshittirishni 21 iyun kuni tonggi soat 03:30, hamda kechgi soat 19:30 da tinglashingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: