Xitoyning yangi superkompyuteri dunyodagi eng qudratli kompyuterlar reytingida yetakchilik qildi

Fan-texnika 16:13 / 20.06.2016 7114

Xitoyning yangi Sunway TaihuLight superkompyuteri dushanba kuni dunyodagi eng qudratli 500ta kompyuter reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida  reyting yaratishda mas'ul bo‘lgan TOP500 loyihasi saytida ma'lum qilingan. 

Yangi xitoy superkompyuteri tomonidan ishlab chiqariluvchi hisoblash tezligi 93 petaflobsga teng. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u avvalgi rekordchi - "Tyanxe-2"dan (u ham Xitoyda ishlab chiqarilgan) ikki barobar tezroq va uch barobar samaraliroq.

Sunway TaihuLight 10,65 million yadrodan iborat. Yangi xitoy superkompyuteri parallel hisoblash texnikasi va XXR texnologiyasi Milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan. Superkompyuter Tszyansu provinsiyasi Usi shahridagi Superkompyuterlar milliy markazidan joy olgan. 

Sunway TaihuLight superqurilmasi ShenWei protsessorlari bilan boyitilgan. 

TOR500 loyihasi 2013 yilda yo‘lga qo‘yilgan. U yilda ikki marotaba - iyun va noyabr oylarida superkompyuterlar ro‘yxatini chop etadi.

Ko‘proq yangiliklar: