Dunyodagi ilk 1000 yadroli protsessor yaratildi

Fan-texnika 16:32 / 20.06.2016 7135

Deyvisdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari biryo‘la 1000 yadroga ega KiloCore protsessorini ishlab chiqarishdi, ularning har biri minimal darajada energiya sarflab, o‘z hisoblash vazifasini bajarishga qodir. 

Protsessorning bunday tuzilishi shifrlash kabi yaxshi parallellashtirilgan hisoblashga hamda katta ommaviy ilmiy ma'lumotlarni qayta ishlashga yoki videoni siqishga mo‘ljallangan. 

KiloCore zarurat tug‘ilganda alohida yadrolarini o‘chira olish xususiyatiga ega, bu unga bir soniyada atigi 0,7 vatt sarflab, 115 milliard operatsiyani bajarish imkonini beradi, undagi tizim bir "barmoqli" batareyadan ham ishlashi mumkin. 

KiloCore'ning IBM fabrikasida eskirib qolgan 32-nm texjarayon bo‘yicha ishlab chiqarilgan tajribali versiyasi, tabiiyki, seriyali ishlab chiqarilmaydi. Shu bilan birga chip ko‘p yadroli protsessorlar sohasidagi tadqiqotlarda hamda ularning mobil elektronikada qo‘llanishida yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: