BMT: jahonda qochqinlar soni 65 million kishiga yetdi

Jahon 15:36 / 20.06.2016 3461

O‘z mamlakatidagi qurolli nizolar va qo‘vg‘in sabab qochqin maqomini olganlar soni ilk marta 65 millionga yetdi. Bu haqda BMT ma'lumotlari asosida The Guardian nashri xabar bermoqda.

Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, 2015 yilda qochqinlar soni 65,3 mln kishiga yetgan. Bu Buyuk Britaniya aholisidan ham ko‘p, deb taqqoslaydi gazeta.
Bu hisobdan 21,3 million kishi boshqa davlatlarga qochib o‘tgan. 40,8 mln kishi esa o‘z davlatida qo‘vg‘inda, 3,2 mln kishi o‘z mamlakatini tark etgan holda, boshqa mamlakatdan boshpana berilishini kutmoqda.

Shu ma'noda, sayyoradagi har 113 kishi qochqin hisoblanadi. BMTning qayd etishicha, ko‘rsatkichlar so‘nggi besh yil ichida 50 foizga ortgan. Barcha qochqinlarning teng yarmi Suriya, Afg‘oniston va Somali fuqarolaridir.

Qochqinlar eng ko‘p boradigan mamlakat sifatida Turkiya qayd etilgan. O‘tgan yili bu davlatga 2,5 mln qochqin kirib kelgan. Ularning aksariyati Suriya fuqarolari.
BMT Yuqori komissari Filippo Grandining aytishicha, jahon muhojirlar inqirozini har etish uchun yetarli chora-tadbirlar ko‘rmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: