Belgiyada poyezdda terakt amalga oshirishga tayyorgarchilik ko‘rish ishi bo‘yicha 6 kishi hibsga olindi

Jahon 19:40 / 20.06.2016 3186

Belgiya hukumati 2015 yilda poyezdda terakt amalga oshirishga tayyorgarchilik ko‘rish ishi bo‘yicha 6 kishi hibsga olinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Xabarda aytilishicha, terakt Amsterdam-Parij poyezdida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

2015 yil avgust oxirida Belgiya federal prokuraturasi Amsterdamdan Parijga ketayotgan Thalys poyezdida otishma sodir bo‘lgandan keyin terakt sodir etishga urinish bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan. Prokuratura vakili Erik van der Siptning aytishicha, ish "aksilterrorchilik qonuni" va "gumonlanuvchi poyezdga Bryusselda o‘tirgani" asosida qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, poyezdda otishmani Ispaniyada yashovchi 26 yoshli marokashlik sodir etgan.

Otishma oqibatida 3 kishi jarohat olgan. Jinoyatchi yo‘lovchilar tomonidan zararsizlantirilgan va huquq-tartibot muassasalari xodimlariga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: