AQSh prezidenti Barak Obama 9-11 iyul kunlari Ispaniyaga bo‘ladigan tashrifi vaqtida Rota harbiy bazasi va mamlakatdagi partiyalarning rahbarlari bilan uchrashadi.
Obama 9 iyul kuni NATO sammiti o‘tadigan Sevilyaga Varshavadan tashrif buyuradi, deb yozmoqda El País nashri. Ertasi kuni AQSh prezidenti ispan-amerika hamkorligida tashkil etilgan Kadisdagi Rota harbiy-dengiz bazasiga yo‘l oladi. Aniqrog‘i AQSh tomonidan tashkil etilgan va Yevropa raketaga qarshi mudofaa tizimining bir elementi hisoblanuvchi hamda o‘zida muntazam ravishda Arleigh Burke sinfiga mansub raketa esmintsasini saqlovchi 6-operativ flotida bo‘ladi. Bazada 4,5 ming harbiy o‘z oila a'zolari bilan istiqomat qiladi. Shuningdek, Obama Sevilyada Ispaniya qiroli Filipp VI bilan ko‘rishishni ham rejalashtirgan.
Obama 11 iyul kuni Madridga yo‘l oladi. U yerda mamlakatning to‘rt yirik partiyasi rahbarlari: o‘ng Xalq partiyasi rahbari Mariano Raxo, Ispaniya sotsial ishchi partiyasi yetakchisi Pedro Sanches, Podemos yetakchisi Pablo Iglesias va “Fuqarolar” mo‘'tadil partiyasi rahbari Alberto Rivera bilan ko‘rishadi.
Bu AQSh prezidentining so‘nggi 15 yil ichida Ispaniyaga qilgan ilk tashrifi hisoblanadi.