Air China aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti parvoz chog‘ida kuchli havo girdobiga tushib qolgani bois, 17 yo‘lovchisi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda Shanghai Daily gazetasi. Havo layneri Frankfurtdan Shanxayga parvoz qilayotgan vaqtda shunday hodisaga duch kelgan.
Nashrning yozishicha, samolet, CA936 raqamli reysni amalga oshirayotgan samolyotning yo‘lovchilaridan 13 ayol va 4 nafar erkak kishi jabrlangan. Ular orasida 70 yoshli ikki nafar xorijiy fuqaro ham bo‘lganligi aytilmoqda.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, havo layneri komandiri voqea haqida yer xizmatini xabardor etgan, shu bois qo‘nish yo‘lagiga tez tibbiy yordam mashinalari safarbar etilgan.
Ayni vaqtda jabrlanganlardan 5 kishi shifoxonada ekani, ayollardan birining ahvoli og‘ir ekani xabar qilinmoqda.