2016 yilning 22-23 iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlisda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning yetakchi bank tuzilmalari rahbarlari hamda kuzatuvchi davlatlarning qator banklari ishtirokida ShHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda ShHT BUga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Qozog‘iston taraqqiyot banki, Qirg‘iziston davlat rivojlanish banki, Qirg‘iziston "RSK Bank", Qirg‘iziston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Tojikiston "Amonatbonk" kabi banklar a'zo hisoblanadi. Belarusning "Belarusbank" va Pokistonning Habib Bank Limited banklari birlashma hamkorlaridir.