Manba: Kareliyadagi ko‘lda halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Jahon 22:22 / 19.06.2016 5505

Qutqaruvchilar Kareliyadagi Syamozero ko‘lidagi fojiada bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan 3 bolaning jasadini aniqlashdi. Bu haqda hududiy shoshilinch xizmatlarda TASS axborot agentligi ma'lum qilindi.  

Tergovning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 18 iyunda "Park-Otel Syamozero" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq  chiqarayotgan bolalar Pryajin tumanidagi suv havzasida shtormga tushib qolishgan. 3 ta qayiqda 47 nafar bola va 4 nafar yoshi katta instruktor bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetgan, ulardan faqatgina birigina katta yoshli odam. Barcha halok bo‘lganlarning jasadlari suvdan chiqarilgan.

Ayni vaqtda to‘ntarilib ketgan qayiqlardagi barchaning taqdiri o‘rnatilgan. 36 kishi jabr ko‘rmagan. Ular qirg‘oqqa o‘zlari yetib olganlar. 11 nafar kishi, jumladan 9 nafar bola qutqarib qolingan. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan bir bola tirik topilgan, u qayiqda bo‘lmagan.

Syamozero ko‘lida halok bo‘lgan bolalarning yaqinlari ularning jasadlarini zaruriy tekshiruvlar o‘tkazilgandan keyingina olishlari mumkin bo‘ladi. Barcha mutaxassislar, tergov organlari voqea joyida ish olib bormoqda. Ta'kidlanishicha, tekshiruvlar eng qisqa vaqt ichida o‘tkaziladi. 

Fojia munosabati bilan 20 iyun Kareliyada motam kuni deb e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: