Kareliyadagi ko‘ldagi fojia joyidan birinchi lavhalar paydo bo‘ldi

Jamiyat 23:55 / 19.06.2016 12365

Internetda Kareliya respublikasidagi Syamozero ko‘lida 13 bola va bir nafar katta yoshli odamning halokatiga olib kelgan fojia joyida qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilishining birinchi lavhalari paydo bo‘ldi. 

Lavhalardan voqea joyida tibbiy va qutqaruv xizmatlari xodimlari navbatchilik qilayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Kareliyaning Pryajino tumanidagi Syamozero ko‘lida mahalliy bolalar sog‘lomlashtirish oromgohidan ko‘lga safarga borgan sayohatchilar guruhi yo‘qolib qolgani ma'lum bo‘lgandi. 47 nafar bola va 4 nafar instruktordan iborat guruh 3 ta qayiqda bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikkita qayiq ko‘lda yuz bergan shtorm vaqtida to‘ntarilib ketgan.  

Fojia oqibatida 13 bola va bir yoshi katta odam halok bo‘lgan, qolgan 36 nafar odam qutqarib qolingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bolalar oromgohga Moskvadan kelgan bo‘lganlar. 

Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Guruh instruktorlaridan biri hibsga olingan, u bilan tergovchilar ish olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: