Xitoyning markaziy qismida suv toshqinlari tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 19:11 / 19.06.2016 4742

Xitoyning markaziy qismidagi Xubey viloyati hududida shanba kuni yoqqan jaladan keyin yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari natijasida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 400 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, Xuangan shahrini suv bosgan. Bu hududga kun davomida 251 mm yomg‘ir tushgan. Shiddatli suv oqimi tufayli uylar vayron bo‘lib, ko‘priklar hamda to‘g‘onlar buzilib ketmoqda. Telefon aloqasi va elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar sodir bo‘lmoqda.

Xubeyda suv toshqinlarining xavfli darajasi e'lon qilingan.

O‘tgan haftada Guychjou, Xubey, Yunan va boshqa provinsiyalardagi jala tufayli qurbonlar bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bu tabiiy ofatlar jami 3 million kishining hayotiga ta'sir ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: