Jon Makkeyn Orlandodagi fojia uchun javobgarlikni prezident Obama zimmasiga yukladi

Jahon 10:25 / 17.06.2016 5681

AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi, respublikachi Jon Makkeynning bayonot berishicha, mamlakat prezidenti Barak Obama Orlandodagi tunggi klubda sodir etilgan qo‘poruvchilik uchun javobgardir. 

«Ushbu jinoyatda Barak Obama javobgardir, chunki u Amerika harbiylarini Iroqdan olib chiqqanida, «Al-Qoida» Suriyaga yo‘l oldi va u yerda IShIDga aylandi.  Va IShID Obamaning o‘ylamay qabul qilgan qarori hamda agar amerikaliklar ketsa, mojarolar barham topadi, degan fikri sabab  hozirgidek tahdidli tus oldi. Shunday ekan, mas'uliyat prezident va uning muvaffaqiyatsiz siyosatidadir», — deya Makkeyn so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni pistolet va avtomatik miltiq bilan qurollangan 29 yoshli erkak, Orlandodagi noan'anaviy jinsiy qarashlarga ega kishilarning tunggi klubida tartibsiz o‘t ochgan. Buning oqibatida 49 kishi halok bo‘lgan, 50ga yaqin inson yaralangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: