Joli va Pittning farzandlari turli tillarni o‘rganmoqda

Jamiyat 19:39 / 17.06.2016 9223

Hollivud aktyorlari Anjyelina Joli va Bred Pittning farzandlari chet tillarini, jumladan, rus, vetnam va arab tillarini o‘rganishmoqda. The Mirror’ning ma'lum qilishicha, bu haqda Joli Radio 4 ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Er-xotinlarning uch nafar o‘z farzandi: o‘n yashar Shaylo va egizlar Viven va Noks hamda uch nafar boqib olgan farzandlari: Kambodjada tug‘ilgan 14 yashar Meddoks, Vetnamda tug‘ilgan 12 yashar Paks va Efiopiyada tug‘ilgan 11 yashar Zaxara ismli bolalari bor.

Jolining so‘zlariga ko‘ra, farzandlaridan hech biri aktyorlikka qiziqmaydi, ammo ular til o‘rganishga o‘ta ishtiyoqmand.

“Men ulardan qaysi tilni o‘rganishni istashlari haqida so‘radim. Shaylo kxemer tilini, Paks vetnamchani, Med nemis va rus tilini, Zaxara fransuzchani, Viven arab tilini o‘rganishni xohlashlarini aytgan”, - dedi aktrisa.

Ko‘proq yangiliklar: