Toshkent shahridagi Inha universitetida jahonning nufuzli universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 17:06 / 17.06.2016 6963

2016 yilning 16 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida AQShdagi nufuzli universitet bitiruvchilarining o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Garvard Universiteti (Harvard University), Stendford universiteti (Stanford University) va Fletcher yurisprudensiya va diplomatiya maktabi (Fletcher School of Law and Diplomacy) bitiruvchilari ishtirok etdilar. Ushbu delegatsiyaga Garvard universitetining Osiyo yetakchilari markazi ijrochi direktori Samuel Kim boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida AQShning nufuzli universiteti bitiruvchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilimlarini o‘zbekistonlik talabalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Jumladan, Garvard universiteti bitiruvchilari o‘zbekistonlik talabalarga ma'lumotlarni eslab qolish, biznes-loyihalarni rivojlantirish, shaxsiy brendlarni yaratish, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z karerasini targ‘ib qilish va boshqa bilimlarni berdilar.

O‘zbekistonlik talabalar intervyudan o‘tish, konsalting, moliya va investitsiya, biznes madaniyatni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlarini ham yanada mukammalashtirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: