Tokio meri saylovlari 31 iyulda bo‘lib o‘tadi

Jahon 11:29 / 17.06.2016 3699

Tokio Qonunchilik Assambleyasi 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari majlisida yangi mer saylovlarini 31 iyulda o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. 

Saylov xarajatlari taxminan 50 million dollarni tashkil etadi. Yangi merning vakolat muddati 2020 yilning 30 iyuliga qadar davom etadi. 

15 iyun kuni poytaxt okrugi rahbari Yoiti Masudzoe moliya sohasidagi ko‘plab ayblovlar tufayli iste'foga chiqish uchun ariza topshirdi.

Tokio meri bilan bog‘liq mojaro matbuotda uning davlat avtomashinasida har hafta dala hovlisiga borishi to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng boshlandi. Boz ustiga uning siyosiy jamg‘armalar hisobidan to‘langan oilaviy sayohatlari bilan bog‘liq ma'lumotlar ham tarqaldi. Bundan tashqari mer fondlarning puliga san'at asarlari va uning kalligrafiya bilan shug‘ullanishi uchun qulay bo‘lgan Xitoy ipagidan yaratilgan liboslarni sotib olgani ma'lum bo‘ldi, chunki ipak matoli libos yengi erkin harakatlanish imkonini beradi.  

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i tomonidan boshqariladigan yuridik manzili Masudzoening xususiy uyi bilan bir bo‘lgan ilmiy-tadqiqot instituti merning siyosiy fondlaridan biriga ijaraga xona bergan va buning uchun har oy ijara haqi olgani ham aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: