O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Hasan Shakirov TIV Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.