Pele Dungani himoya qilib chiqdi

Sport 19:43 / 17.06.2016 5909

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pelening hisoblashicha Braziliya terma jamoasining Amerika Kubogini muddatidan avval tark etishi Selesao sobiq bosh murabbiyi Dunganing aybi emas.

Braziliya terma jamoasi Kopa Amerikaning guruh bosqichidayoq Perudan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z ishtirokini to‘xtatdi. Bungacha jamoa Ekvador bilan durang o‘ynab, Gaitini yenggan va 4 ochko jamg‘argandi. Bu esa pley-off uchun yetarli bo‘lmadi. Braziliyaliklar oxirgi marta 1987 yili turnirning guruh bosqichidan o‘ta olmagandi.

«Men Dungaga qarata bildirilayotgan tanqidlar adolatli deb ayta olmayman. U o‘z ishini yomon bajarmagandi. 

Afsuski, Braziliya terma jamoasida turnir arafasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yetarli vaqt bo‘lmadi, tarkib yig‘ilmadi, hozir Selesaoda avlodlar almashuvi. Barcha ko‘ppaklarni murabbiyga qarata yo‘llash to‘g‘ri emas», – degan Pele.

Dunga o‘z murabbiylik faoliyati davomida Braziliya terma jamoasiga ikki marta bosh murabbiy etib tayinlandi. 2006-2010 yillarda Braziliya terma jamoasi 52 yoshli ushbu mutaxassis Kopa Amerika-2007 va Konfederatsiyalar Kubogi-2009 turnirlarida g‘olib bo‘ldi. Terma jamoa boshqaruviga 2014 yili ikkinchi marta kelgan Dunga sovrin ola olmadi va  va iste'foga chiqarildi.

Manba: Tribuna.Uz

Ko‘proq yangiliklar: