Obama AQShda qurol aylanmasini nazorat qilishga chaqirdi

Jahon 07:27 / 17.06.2016 4130

AQSh prezidenti Barak Obama qurol aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha choralar kiritilishiga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Agar biz harakat qilmasak, bunga o‘xshash yanada ko‘proq ommaviy qotilliklarni ko‘ramiz, chunki tanlayotganimiz – ularning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yishimiz yoki qo‘ymasligimizdir", deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, agar AQShda terrorchilik va qurol qo‘llagan holda zo‘ravonlikni nazorat qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmasa, ommaviy qotilliklar davom etishi mumkin.

12 iyunda Orlandodagi tungi klubda Omar Matin ismli shaxs 49 kishini otib o‘ldirgan, yana 53 kishini yaralagandi.

Ko‘proq yangiliklar: