OAV: Yaponiya Somali qirg‘oqlaridagi qaroqchilar bilan kurashish missiyasini bir yilga uzaytirdi

Jahon 11:10 / 17.06.2016 2815

Yaponiya Somali qirg‘oqlaridagi Adan ko‘rfazida qaroqchilar bilan kurashish bo‘yicha dengiz mudofaa kuchlari missiyasini bir yilga uzaytirdi. Bu haqida Kiodo agentligi xabar berdi.

Bu mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlashda qatnashuvchi mudofaa kuchlari soni o‘zgarishsiz qoladi. Hozirda unga ikkita esminets va ikkita P-3C Orion kemaga qarshi patrul samolyoti jalb qilingan. Somali qirg‘oqlaridagi jangovar missiyani umumiy hisobda 600 nafar mudofaa kuchlari bajarmoqda. Kema va samolyotlar yirik tijorat kemalariga hamrohlik qilishadi hamda qaroqchilarning qayiqlarini kema yo‘llaridan haydashadi.

Yapon kemalari guruhi 2009 yildan buyon Adan ko‘rfazida joylashgan, o‘shandan beri mudofaa kuchlarining xizmat muddati yetti marta uzaytirildi. Ular bu yillar ichida 3,5 mingdan ortiq yuk va yo‘lovchi kemalarini mudofaa qilishdi. 

Somali qirg‘oqlarida bir qancha xalqaro aksilqaroqchi operatsiyalari o‘tkaziladi, shu jumladan, "Atlanta" (YeI) va "Okean qalqoni" (NATO). Ushbu missiyalardan tashqari Rossiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Singapur, Maylayziya, Koreya Respublikasi va Yaponiya mamlakatlari mintaqada qaroqchilikka qarshi kurash olib borishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: