Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, o‘tgan yilning sentabr oyida BMT Bosh assambleyasining yubiley majlisida qatnashgan 5 kuni davomida 2,1 mln shekel (542 ming AQSh dollari) miqdoridagi davlat byudjyeti mablag‘ini sarf qilib yuborgan, deb bong urmoqda The Times of Israel.
Xususan, El Al aviakompaniyasi samolyotida Nyu-Yorkka parvoz qilish va undan qaytish 1,5 mln shekelga (387 ming dollar) tushgan. Isroil hukumati rahbari sochini kaltalatish uchun 1,6 ming dollar sarflagan bo‘lsa, makiyajga — 1,75 ming dollar to‘lagan. Er-xotin Netanyahu mehmonlarni qabul qilishi uchun, xonadagi mebelni olib chiqish 20 ming dollarga aylangan. Ularning ikkisi tanovullariga 1,76 ming dollar sarflashgan.
Nashrning qayd etishicha, bu summaga bosh vazir rafiqasi Saraning xarajatlari kiritilmagan. Ammo Sara ham byudjyet mablag‘laridan foydalanganlikda gumon qilinmoqda.
Gazetaning yozishicha, bosh vazirning xarajatlari to‘g‘risidagi hisobot, Isroil TIV, Nyu Yorkdagi konsulligi, BMTdagi Isroil missiyasi tomonidan yanvar oyidayoq tayyorlangan bo‘lgan. Ammo Netanyaxuga bo‘ysinuvchi xodimlar uni oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymagan.
Alaloqibat, Haaretz’ning yozishicha, yurist Shahar Ben-Meir ma'lumotning oshkor qilinishiga erishgan.